Rossiya Davlat Dumasi migrantlar uçun qöşimça davlat boji joriy etiş böyiça qonun loyihalarini körib çiqişni boşlaydi, dedi Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin.

«Şu hafta biz migrantlar uçun qöşimça davlat bojini joriy qiluvçi qonun loyihalarini körib çiqişni boşlaymiz», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Xususan, çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsga patent berganlik yoki qayta rasmiylaştirganlik uçun – 4200 rubl, mehnat ruxsatnomasining amal qiliş muddatini uzaytirganlik uçun – 4200 rubl, patent yoki mehnat ruxsatnomasining dublikatini berganlik, ularga özgartirişlar kiritganlik uçun – 2100 rubl miqdorida yiğim joriy etiş taklif qilinmoqda.

«Aksariyat xorijiy fuqarolar Rossiyaga pul işlaş uçun keladi. Vizasiz davlatlardan kelganlar patent oladi, uning narxi oyiga örtaça 8-10 ming rublni taşkil qiladi. U köpi bilan bir yil amal qilişi mumkin. Keyin patent oliş tartibi yana takrorlanişi kerak. Vizali mamlakatlardan kelgan migrantlar işlaş uçun ruxsatnoma oliş uçun ariza berişadi», deb qöşimça qildi Davlat Dumasi raisi.

Volodin, şuningdek, migrantlar uçun bir qator boşqa davlat bojlarini belgilaş yoki oşiriş taklif qilinayotganini, jumladan, çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsni yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş, çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsni Rossiyada yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş, Rossiyada vaqtinça böliş muddatini uzaytiriş hamda avtomaşinalarni röyxatdan ötkaziş va boşqa harakatlarni amalga oşiriş uçun bojlar taklif etilayotganini ta’kidladi.

«Bularning barçasi nafaqat budjetga mablağlar oqimini oşiriş, balki migrantlar ustidan nazoratni kuçaytiriş, ularning haqiqiy yaşaş joylarini belgilaş imkonini beradi. Bu esa, öz navbatida, noqonuniy migratsiya darajasini pasaytirişga yordam beradi. Biz bu yönalişdagi işlarni davom ettirmoqdamiz», deb xulosa qildi u.