Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi
Buxoro viloyatida 768 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Jondor tumanida joylashgan «A.» nodavlat ta’lim muassasasiga qarashli gaz qurilmalar baypas yo‘li bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 768 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
16:36 / 29.05.2026