Suvaydadagi holat – ötgan yil dekabrida Başar Asad ağdarilganidan keyin mamlakatda konfessiyalar örtasida yuzaga kelgan ilk töqnaşuvlar bölmoqda.

Badaviy qabilalarga mansub jançilar va druzlar laşkari örtasidagi töqnaşuvlar ilgari As-Suvayda şahridan şarqdagi asosan badaviylar yaşovçi Makvas hududida bölib ötgan, bu hududni druzlarning qurolli guruhlari qurşab olgan va keyin öz nazoratiga olgan.

Guvohlarning ma’lumotiga köra, mojaro 13 iyul kuni badaviy qurolli guruhlari Damaşqqa olib boruvçi yölda sabzavot sotuvçi druzni öğirlab ketganidan boşlangan. Badaviylar şahardan ğarb va şimolda joylaşgan qişloqlarga ham hujum qilişgan. Şundan keyin, druzlar javob tariqasida boşqa badaviyni öğirlagan. Garçi garovga olinganlar keyinroq qöyib yuborilgan bölsa-da, 14 iyul kuni As-Suvayda şahri taşqarisida janglar davom etgan. Uylar minomyotlardan öqqa tutilgan, önlab odamlar yaralangan. Suvayda köçalari huvillab qolgan, viloyat ğarbiy qismidagi töqnaşuvlar va qişloqlarning öqqa tutilişi oqibatida şifoxonalar «önlab yaradorlar» bilan tölgan, Damaşq-Suvayda şossesi tösib qöyilgan.

Suriya içki işlar vazirligiga köra, töqnaşuvlar oqibatida kamida 37 kişi halok bölgan, şundan 27 nafari – druzlar, qurbonlar orasida ikki bola ham bor, şuningdek, badaviylar tomondan 10 kişi halok bölgan.

Şifokorlardan biri Reuters muxbiriga As-Suvaydadagi davlat şifoxonasi ölikxonasiga kamida 15 jasad keltirilganini aytgan. 100 ga yaqin kişi jarohatlangani, ulardan ayrimlari tibbiy yordam körsatilişi uçun Dar’a şahriga olib ketilgani xabar qilingan.

Suriyada inson huquqlariga rioya etilişini monitoring qiliş markazi esa kamida 99 kişi halok bölgani, şundan ikki nafari bola, ikki nafari ayol hamda 14 nafari xavfsizlik kuçlari xodimlari ekanini ma’lum qilgan.

Sweida24 mahalliy axborot agentligiga köra, duşanba kuni ham şaharda şiddatli töqnaşuvlar qaytadan avj oldi. Suriya mudofaa vazirligidagi manba kamida olti nafar harbiy xizmatçi halok bölganini ma’lum qilgan.

Suvayda gubernatori Mustafo al-Bakur fuqarolardan «vazminlik körsatiş va hukumat çaqiriqlariga javob beriş»ni söragan. Suriya druzlarining qator diniy rahnamolari ham tinçlikka çaqirib, Damaşqdan vaziyatga aralaşişni söragan.

Avvalroq Suriyaning SANA davlat axborot agentligi vaziyat tufayli Dar’a va Suvayda viloyatlari örtasidagi ma’muriy çegarada xavfsizlik kuçlari joylaştirilgani haqida xabar bergan edi.