2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladigan Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari medallari taqdim etildi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) xabariga ko‘ra, medallar chiqindilarni qayta ishlash natijasida olingan metallardan yasaladi.

Medallar Italiya zarbxona va matbaa instituti (IPZS) tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga ishlaydigan induksion pechlarda, ekologik toza qadoqlarda quyiladi. Shuningdek, O‘rmonni boshqarish kengashi (FSC) tomonidan sertifikatlangan materiallar ham qo‘llanadi, plastmassadan eng kam miqdorda foydalaniladi.

2026 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetsso shaharlarida 6—22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Paralimpiya o‘yinlari 6-15 mart kunlari o‘tkaziladi.