Isroil armiyasi 16 iyul kuni Damaşq şahrida joylaşgan Suriya armiyasining ştab-kvartirasiga hujum uyuştirdi. Şu bilan birga, u janubiy Suvayda şahridagi Suriya kuçlariga qarşi zarbalarni ham davom ettirmoqda.
Turkiya Taşqi işlar vazirligi Isroilning Damaşqqa uyuştirgan hujumlarini «Suriyaning tinçlikni ta’minlaş yölidagi sa’y-harakatlarini sabotaj qiliş urinişi» deb atadi.
«Suriyaliklar oldida tinçlikda yaşaş va dunyo bilan integratsiyalaşiş böyiça tarixiy imkoniyat turibdi. Bu imkoniyatni qöllab-quvvatlaydigan barça tomonlar Suriya hukumatining tinçlikni örnatiş yölidagi harakatlariga hissa qöşişlari kerak», deyiladi bayonotda.

Suriya Soğliqni saqlaş vazirligining ma’lum qilişiça, Isroilning Damaşqqa uyuştirgan hujumlari oqibatida halok bölganlar soni avvalgi bir kişidan kamida uç nafarga yetdi. Şuningdek, kamida 34 kişi jarohat olgani bildirildi.
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Isroilning Damaşqqa hujumlari yuzasidan bergan savolga javoban AQŞ «juda xavotirda» ekanini bildirdi.
«Bu masala ustida ayni paytda işlayapmiz. Men endigina tegişli tomonlar bilan telefon orqali muloqot qildim. Bu bizni juda taşvişga solmoqda va umid qilamizki, bugun yangilangan ma’lumotlar böladi», - deya AQŞ boş diplomatining sözlarini keltirmoqda Reuters agentligi.

Rubio şuningdek, AQŞ janubiy Suriyada hukumat kuçlari va druz jangçilari örtasida tuzilgan sulhning buzilişi ortidan janglar darhol töxtatilişini xohlayotganini aytdi.
Axios naşrining xabar berişiça, Tramp ma’muriyati çorşanba kuni yana Isroildan Suriyaga uyuştirilayotgan hujumlarni töxtatişni va Damaşq hukumati bilan muzokaralarga kirişni söragan. Naşr uşbu sörov Damaşqdagi harbiy ştab va prezident saroyi yaqinidagi zarbalardan oldin yoki keyin berilganiga aniqlik kiritmagan.



















