Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Xususan, joriy iyul oyining birinchi o‘n kunligida Buyuk Britaniyaga Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent–London yo‘nalishidagi aviaqatnovi orqali 10 tonna qovun yetkazib berildi. O‘zbek qovuni o‘zining betakror ta’mi bilan britaniyaliklarga katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda dukkakli mahsulotlar, quritilgan mevalar va yong‘oqlar, jumladan uzum, gilos, mayiz, no‘xat, mosh va o‘rik danagi mag‘zi eksporti faollashdi. Mamlakatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar va qayta ishlangan mahsulotlar Britaniyaning yetakchi savdo tarmoqlarida sotilmoqda.
2025 yilning dastlabki besh oyi davomida O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ikki barobarga oshdi.
Bu tendensiya O‘zbekistonda agrosanoat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, mahsulot sifatining xalqaro talablarga javob berishi va logistika yo‘nalishlarining takomillashib borayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026