Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va YuNICeF qöşma hisobotida mojarolar va gumanitar inqirozlar emlaşdagi taraqqiyotga tösiq bölişi mumkinligi ta’kidlangan. Dunyodagi çaqaloqlarning çorak qismi zaiflik, mojaro yoki gumanitar inqirozlardan aziyat çekkan 26 mamlakatda yaşaydi.

Qayd etilişiça, dunyodagi barça emlanmagan bolalarning yarmidan köpi töqqizta davlat, ya’ni Nigeriya, Hindiston, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Indoneziya, Yaman, Afğoniston va Angola hissasiga töğri keladi.

"Taşvişlanarlisi, uşbu mamlakatlardagi emlanmagan bolalar soni 2019 yildagi 3,6 milliondan 2024 yilda 5,4 milliongaça ösdi. Bu emlaşni insonparvarlik çoralariga integratsiya qiliş zarurligini körsatmoqda", – deyiladi naşrda.

BMT ma’lumotlariga köra, vaksinalar yiliga 3,5 milliondan 5 milliongaça ölimning oldini oladi. JSST va YuNICeF keng tarqalgan notöğri ma’lumotlardan ogohlantirmoqda.

Taşkilotlar hukumatlar va hamkorlarni kambağal mamlakatlardagi bolalarni himoya qiliş uçun mablağni köpaytirişga, mojarolar şaroitida emlaşni kuçaytirişga, notöğri ma’lumotlarga qarşi kuraşişga, ma’lumotlarni yiğiş va nazorat qiliş tizimlariga sarmoya kiritişga çaqirmoqda.