Iqtisodiyot | 08:32 / 23.07.2025
2236
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi

Foto: kfw.de

"Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida — «Mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

a) O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tuzilgan moliyaviy hamkorlik kelishuviga asosan KfW banki tomonidan O‘zbekistonda «Mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish» loyihasini moliyalashtirish uchun yillik 2 foizli stavkada, 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 30 yil muddatga kredit ajratish bo‘yicha qarz va grant bitimlari imzolangan;

b) Loyihaning umumiy qiymati 26,5 mln yevro bo‘lib, shundan:
23,5 mln yevro KfW bankining kreditini tashkil etadi;
3,0 mln yevro loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq konsultatsiya xizmatlari uchun KfW banki grantini tashkil etishi belgilangan;

v) loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (2025—2030 yillar) etib belgilangan.

Belgilanishicha:

  • Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi;
  • O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturni o‘z vaqtida amalga oshirilishi, qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
  • KfW bankining qarz mablag‘lari loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari tomonidan taqsimlangan mablag‘lar miqdorida qaytariladi;
  • loyiha doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga subsidiar qarz mablag‘lari O‘zbekiston valutasida  taqdim etiladi. Chet el valutasining milliy valutaga nisbatan kursi o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotishlar O‘zbekiston respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid