Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etadi
Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan "Markaziy Osiyoda iqlim xavfini boshqarish" loyihasi doirasida anglashuv memorandumini imzoladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilmoqda va 2028 yilgacha davom etadi. Hamkorlikning asosiy maqsadi — iqlim va tabiiy ofat xavflarini kamaytirish, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish bo‘yicha ilmiy-amaliy salohiyatni oshirishdan iborat.
Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy, aqlli tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilib, qishloq xo‘jaligi modernizatsiya qilinadi. 2025 yilgacha Navoiy viloyatidagi 10 gektar yerda intensiv bog‘ barpo etilishi va sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Loyiha suv resurslaridan oqilona foydalanish, qurg‘oqchil yillarda hosildorlikni saqlab qolish, ekologik muvozanatni ta’minlash, agrosanoat samaradorligini oshirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tajriba uzoq muddatda boshqa hududlarga ham namunaviy tarzda tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
10:35
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026