Toşkent şahrining uzoq yillar kutilgan, 2045 yilgaça möljallangan boş rejasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 dekabr kungi qarori bilan tasdiqlangan edi. Qarorda bundan buyon har qanday quriliş işlari tasdiqlangan boş reja asosida bölişi belgilangan.
Oradan yarim yil ötib, 2025 yil 9 iyul kuni Spot naşri Quriliş vazirligi boşqarma boşliği Aziz Xalilovga tayanib poytaxt boş rejasi özgartirilişi mumkinligi haqida xabar berdi. Xalilov bu haqdagi savolga “bunday ehtimol mavjud” deb javob bergan va yakuniy qaror ekspert xulosalari asosida qabul qilinişini aytgan.
“Hozir Toşkent boş rejasiga özgartirişlar kiritiş maqsadida tahlillar olib borilmoqda. Amaldagi hujjatda ayrim hududlar uçun bino balandligiga oid eskirgan hisob-kitoblardan foydalanilgan. Masalan, boş rejada 5 qavatgaça balandlik körsatilgan, amalda esa bu hududlarda 16 qavatgaça quriliş qilsa böladi”, – degan vazirlik boşqarma boşliği.
17 iyul kuni Savdo-sanoat palatasidagi oçiq muloqotda quriliş sohasidagi tadbirkor Murod Nazarov ham şu haqda gapirdi.
“Mana, xudo xohlasa, kutyapmiz: Toşkent şahrining boş rejasi korreksiya bölyapti. Xudo xohlasa, yaqinda çiqib qoladi”, dedi Murod Nazarov daraxtlar kesilişiga moratoriyni bekor qiliş haqidagi şov-şuvli taklifini aytişdan oldin.
Poytaxt boş rejasini özgartiriş Quriliş vazirligining kun tartibida yöq, tadbirkorlarning bu boradagi takliflari körib çiqilmaydi, deya ma’lum qildi vazir örinbosari Davron Odilov Kun.uz bilan 23 iyul kungi suhbatda.
“Unaqa narsa (Toşkent boş rejasini özgartiriş – tahr.) bizning kun tartibimizda yöq. [Murod Nazarov] vazirlik haqida gapirmadi. Rasmiylar töğrisida ham, Quriliş vazirligi töğrisida ham gapirmadi. Boş rejani özgartiriş haqida ham gapirmadi. “Boş rejani korreksiya qilişga taklif bermoqçimiz”, dedi. Hali undan heç qanaqa taklif ham kelib tuşgani yöq, biz uni hali körib çiqqanimiz yöq, körib çiqmaymiz ham. Quriliş vazirligining kun tartibida yöq”, – dedi Odilov.
Yuqoridagi keltirilgan fikrlarga aniqlik kiritiş maqsadida Quriliş vazirligi axborot xizmati qöşimça izoh berdi












