Daniyalik milliarder Tomas Andersen va uning kompaniyasi boşqaruvi a’zosi Torben Ostergaard RF prezidenti Vladimir Putinga  xizmat qilmoqda, deb yozadi Ekstra Bladet gazetasi.

Ta’kidlanişiça, şu kunlarda Andersenga qaraşli Fayyard portidagi kemalarga xizmat körsatiş korxonasiga “Yamal SPG” zavodidan gaz taşuvçi “Fedor Litke” kemasi kirgan. Şu bilan birga, qayd etilişiça, kema Kipr bayroği ostida harakatlanadi. 

Avvalroq esa uşbu korxonada “Nikolay Urvansev” kemasiga xizmat körsatilgan. Oxirgi uç yil içida Fayyarddagi korxonada Rossiyaning töqqizta kemasiga xizmat körsatilgan, deb yozadi gazeta.  

May oyida Yevroittifoq “Yamal SPG” zavodiga qarşi sanksiyalar kiritgan — Yaponiyaning Rossiya suyultirilgan gazini taşuvçi Mitsui OSK Lines operatoriga qaraşli uçta kemaga nisbatan çeklov çoralari joriy etilgandi.