2025 yilning dastlabki olti oyida dunyo böyiça elektromobillar savdosi ötgan yilning şu davriga nisbatan 28 foizga ösdi va 9,1 million donani taşkil etdi. Bu haqda Britaniyaning Rho Motion tadqiqot kompaniyasi ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, iyun oyida elektromobillar savdosi ötgan yilning şu davriga nisbatan 24 foizga oşgan va 1,8 million dona avtomobil sotilgan.
Bu borada Xitoy sözsiz yetakçilik qilmoqda. Dunyo böyiça sotilgan avtomobillarning 5,5 milliontasi Xitoyga töğri keladi.
Yevropada 2025 yilning yanvar-iyun oylarida elektromobillar savdosi 26 foizga ösib, 2 million donani taşkil etgan.
Şimoliy Amerikada (AQŞ, Kanada, Meksika) ötgan olti oy davomida savdo 3 foizga pasayib, atigi 900 ming dona elektromobil sotilgan.
Dunyoning qolgan mamlakatlarida savdo hajmi 40 foizga oşgan va 700 ming dona elektrokar sotilgan.











