Ba’zilari zarur ruxsat beruvçi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va texnik ma’lumotnomalarni olmasdan qurilişni boşlab, fuqarolarga noqonuniy ravişda uy-joy sotişga uringan.

Bunday xatti-harakatlar natijasida ayrim fuqarolar vijdonsiz kompaniyalarga işonib, jamğarmalarini yöqotib, uy-joysiz qolmoqda.

Toşkent şahar hokimligi vakolatli tuzilmalar bilan hamkorlikda bu masalada qat’iy va prinsipial pozitsiyani egallagan. Poytaxtning bir qator tumanlarida töliq hujjatlar töplamiga ega bölmagan 59 ta obektda quriliş işlari butunlay töxtatildi, obektlar elektr ta’minotidan uzib qöyildi. 

Quriliş maydonlarida nazorat va monitoring işlari davom ettirilmoqda, har bir qonunbuzarlik holati böyiça qonuniy çoralar köriladi.

Toşkent hokimligi poytaxt aholisiga murojaat qilarkan, uy-joy xarid qilişda nihoyatda ehtiyotkor böliş va quyidagilarga amal qilişga çaqirdi:

- sotib olayotgan köçmas mulkka oid barça hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengaş qarorlari, texnik körik dalolatnomasi) talab qiliş va ularni sinçkovlik bilan tekşiriş;
- sotuvçilarga pulni naqd yoki norasmiy yöllar bilan bermaslik, şartnomaning barça bandlarini diqqat bilan örganib çiqiş;
- quruvçi yoki obektning qonuniyligi xususida ozgina şubha tuğilsa, şuningdek, kompaniya hujjatlarni taqdim etişni paysalga solsa, Toşkent şahar hokimligining rasmiy botiga murojaat etiş. Şunda obektning qonuniy maqomi haqida ma’lumot beriladi.