Bugungi kunda respublikada 5,1 ming gektar issiqxonalar mavjud bölib, sönggi yetti yilda ularda yetiştiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnaga köpaydi.
Lekin, tadbirkorlar kredit oğirligi, öğit narxi qimmatligi, uzluksiz gaz ta’minoti yöqligini aytmoqda. Masalan, 600 gektardan ortiq maydondagi issiqxona faoliyatini töxtatgan, 128 gektari qarzdorlik sababli bank balansiga ötgan.
Şu bois issiqxona xöjaliklari qöllab-quvvatlanadi. Endilikda:
➖ içki bozor bilan bir qatorda eksportga ham mahsulot yetiştiriş majburiyatini olgan, tabiiy gazda işlayotgan issiqxonalarga qişki mavsumda gaz kafolatli hajmda beriladi;
➖ kömir yoki boşqa muqobil isitiş tizimida işlayotgan hamda eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytiş imkoni beriladi;
➖ aylanma mablağ yetarli bölişi uçun oldindan tölov oktabr-mart oylariga 50 foiz qilib belgilanadi. Bunda, issiqxonalar gaz korxonalari bilan 1 oktyabrgaça şartnoma imzolaydi;
➖ tabiiy gazdan kömir yoki boşqa muqobil isitiş tizimiga ötgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytirib beriladi;
➖ issiqlik nasoslari texnologiyalarida işlaydigan issiqxona taşkil qilganlarga xarajatlarning 20 foizgaça qismi, bu işlar kredit hisobidan bölsa, kredit stavkasini 4 foizi qoplab beriladi;
➖Bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer soliğini qişloq xöjaligi yerlari stavkasida tölaşi belgilandi.
➖2028 yilga qadar issiqxona işçilari uçun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tuşiriladi.
➖Soliq qömitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yönaltirilgani va ularning samaradorligini örganiş, agar gaz berilgan boşqa sohalarda qöşilgan qiymat kam bölsa, gazni issiqxonalarga yönaltiriş topşirildi.
➖Toşkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy ta’siri bilan boğliq muammolarni uzil-kesil hal qiliş vazifasi qöyildi.
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

















