Suhbat avvalida Misr tomoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishiga taklif etildi.

Tomonlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi doirasida o‘tkaziladigan "O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" ko‘rgazmasida Misr milliy kitoblar va arxivlar uyi fondida saqlanadigan qadimiy qo‘lyozmalarni namoyish etish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Huvayda Komil Misr–O‘zbekiston do‘stona aloqalarini e’tirof etish barobarida Misr milliy kitoblar va arxivlar uyi Toshkentda o‘z kolleksiyalarini namoyish etishdan manfaatdorligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Farg‘oniy, al-Marg‘inoniy, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlar merosiga oid qadimiy kitoblarni birgalikda tadqiq etishga kelishib olindi.