Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni davlat boshqaruvi, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash, hududlararo hamkorlik va barqaror rivojlanish sohalarida chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vengriya tomoni faol tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, jumladan, qishloq joylarini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni ishlab chiqishga kelishib oldi.