Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bir hafta ichida uch mingga yaqin kishida chikungunya bezgagi aniqlandi
Kasallik yuqtiruvchi chivinlar sababli epidemiya profilaktikasi va nazorati borasida jiddiy muammolar mavjudligi aytilmoqda.
Xitoyning Guandun provinsiyasida bir hafta ichida 2800 nafardan ortiq insonda chikungunya bezgagi aniqlandi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Xabarga ko‘ra, 27 iyuldan 2 avgustga qadar virus yuqtirish bilan bog‘liq 2892ta yangi holat qayd etilgan.
Epidemiya avj olishi jilovlandi, biroq kasallik yuqtiruvchi chivinlar sababli uning profilaktikasi va nazorati borasida jiddiy muammolar mavjud, dedi Guandun provinsiyasi kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh eksperti Kan Min.
U profilaktika sifatida turg‘un suvlarni tozalash, chivinlarni o‘ldirish va ularning chaqishiga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026