Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan özbekistonlik yigit jinoiy jazoga tortildi.

Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, 2000 yilda tuğilgan Q.S. 2024 yil 15 oktyabrda işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga borgan. Quriliş firmalaridagi işlar ma’qul kelmagaç, Telegram’dagi “Rostov rabota” guruhidan iş izlab körgan. Örmonda daraxt kesiş bilan boğliq işga taklif berilgan e’lonni körib, undagi telefon raqamiga qönğiroq qilgan. Bu uning uçun Rossiya armiyasiga yollanişdagi ilk qadam bölgan.

Q.S. iş taklifiga asosan 2024 yil 29 oktyabr kuni Rostov-na-Donu şahriga yetib borgan. Uni kutib olganlar töğri Rossiya armiyasi safida xizmat qiluvçilarni qabul qiliş punktiga olib borişgan. Yigit punktda Rossiya qurolli kuçlari safida xizmat qiliş uçun bir yilga şartnoma imzolagan.

Söngra Q.S. Novoçerkassk şahridagi harbiy qismga borib, harbiy xizmatçilar bilan birga jangovar tayyorgarlikdan ötgan. Şundan söng u “Axmad sila” harbiy polki, “Vagner” harbiy kompaniyasi va Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari bilan birga Kursk oblasti, “Bolşoye Soldatskoye” qişloğidagi front pozitsiyalarini qöriqlagan.

Q.S. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va uni daraxt kesişga işga olamiz deya aldab şartnoma tuzdirişganini ma’lum qilgan.

“2024 yilning 15 oktyabr kuni mahalladoşimning taklifiga asosan Rossiyaning Lipetsk viloyatiga quriliş firmasida işlaş uçun bordim. Işga kiriş uçun 2 oydan ortiq vaqt ketişini bilib, Telegram’dagi kanallardan iş izladim. “Rostov rabota” degan kanaldagi örmonda yoğoç kesiş işi ma’qul böldi. Körsatilgan telefon raqamga qönğiroq qildim. Zavod Rostov-na-Donu şahrida ekanini, oylik 150 ming rublligini, iş örmon içida bölişini, yotiş va ovqatlaniş ham zavod hisobidan ekanini aytişdi. Uşbu taklif menga maqul bölib, Rostov-na-Donu şahriga yetib bordim.

“Avaks” firmasining ma’muriy binosiga olib borişib, tibbiy körikdan ötkazişda va işga qabul qilişlarini aytişdi. Mehnat şartnomasi tuzişga kirişdik. Keyinçalik bilişimça, meni aldab, şartnoma asosida oddiy askar sifatida Rossiya qurolli kuçlariga harbiy xizmatga qabul qilişgan ekan.

2024 yil 30 oktyabr kuni firma vakillari bizni harbiy poligonga olib borişdi. Men bilan jami 60 nafar şaxs birga keldi. Ularning 4 nafari Özbekiston fuqarosi edi. Poligon ma’muriy binosida harbiy xizmatçi bizni uruşga “öz xohişimiz bilan kelganimiz” uçun tabrikladi hamda Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişimizni ma’lum qildi. Norozilarga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi aytib, ogohlantirişdi. Norozilar bölsa ham heç kim aytişga jur’at etolmadi