Bu o‘zgarishlar Prezidentning 2023 yil 1 yanvarda kuchga kirgan PQ-393-sonli Qarori tufayli ro‘y berdi. Hujjat jahon brendlari tovarlarining importiga bojni avvalgi 20–40% dan 5–7,5% ga tushirdi, bu esa quyidagilarni ta’minladi:

• chakana narxlar arzonlashuvi;

• assortiment kengayishi;

• rasmiy do‘konlarda asl mahsulotlar topish imkoniyati;

• qalbaki mahsulot xatarini bartaraf etish – importchilar tovarlar aslligini tasdiqlashlari shart.

 2025 yil 1 iyul holatiga, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi imtiyozli import huquqini qo‘lga kiritgan 473 ta xalqaro brendni ro‘yxatga olgan. Ular sirasida Sandro, Maje, Pinko, Twinset, Peserico, Hugo, Under Armour, Karl Lagerfeld, The North Face va boshqalar bor.

Imtiyoz bozorni qanday o‘zgartirdi?

PQ-393 qarori qudratli o‘sish drayveri bo‘ldi. Chunonchi, 2024 yilda O‘zbekistonda birinchi marta Inditex guruhi bittada 7 ta brendni ochdi: Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Stradivarius. Barcha brendlar o‘z do‘konlarini Tashkent City Mallʼda joylashtirdilar.

Bugungi kunda Tashkent City Mallʼdagi 100 dan ziyod brend mahsulotni pasaytirilgan stavkalarda import qilib, xaridorlarga Yevropa, BAA va MDH bilan qiyoslasa bo‘ladigan narxlarni taklif etmoqda.

Masalan, Calvin Klein polosining narxidagi tafovut, qiyoslash mamlakatiga qarab, O‘zbekiston foydasiga $5,05 dan $19,30 gachani tashkil qiladi. Shu singari, Boss polosi mahalliy bozorda BAAdagiga qaraganda $4,58 ga va Qozog‘istondagiga qaraganda $24,85 ga arzon, Turkiyadagi bilan bir narxda sotiladi. Yevropada bu polo $3,99 ga arzon, lekin xorijiy saytlardan xarid qilishda tovar narxiga yetkazib berish qiymati va vositachi komissiyasi ham qo‘shilishini inobatga olish lozim. Bu xarajatlar hisobga olinsa, mamlakat ichidagi shoping oqilona tanlovga aylanadi.

Parallel ravishda lyuks rusumlar bilan faol muzokaralar olib borilmoqda – O‘zbekiston xalqaro riteyl xaritasida tobora yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda.