Polşaning yangi öng konservativ prezidenti Karol Navrotskiy rasman davlat rahbari lavozimiga kirişdi. «Qonun va adolat» partiyasi (QvA) tomonidan qöllab-quvvatlangan prezidentlik saylovlarida ğolib bölgan 42 yoşli deputat parlamentning har ikki palatasi – Seym va Senatdan iborat Milliy assambleya oldidagi tantanali marosimda qasamyod qildi.
Navrotskiy inauguratsiya nutqida qat’iy va izçil harakat qiladigan «faol prezident» bölişini e’lon qildi. Boşqa narsalar qatorida u noqonuniy migratsiya va Polşaning yevrozonaga qöşilişiga qarşi kuraşişga va’da berdi. «Men suverenitet va xavfsizlikni istagan fuqarolarning ovozi bölaman», deb va’da berdi yangi prezident.
Partiyaviy bölmagan tarixçi, millatçi, yevroskeptik va AQŞ prezidenti Donald Tramp tarafdori bölgan u ikki vakolat muddati tugagan Anjyey Dudaning örnini egalladi. Navrotskiyning saylovdagi ğalabasi liberal va yevropaparast Donald Tusk hukumati uçun jiddiy mağlubiyat böldi. U Polşada siyosiy yönalişni özgartirişga harakat qilişi va hukumatning rejalarini tösiş uçun boş qömondon sifatidagi vakolatlaridan, xalqaro maydondagi ovozi va veto huquqidan foydalanişi kutilmoqda.
Iyun oyi boşida Karol Navrotskiy prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida kiçik farq bilan ğalaba qozondi va liberal "Fuqarolik platformasi"dan nomzod, Varşava meri Rafal Tşaskovskiyni 2 foizdan kam farq bilan ortda qoldirdi. Navrotskiy 50,89 foiz, Tşaskovskiy 49,11 foiz ovoz oldi.












