Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga «kasb vaucheri» beriladi
«Kasb vaucheri» ssuda ko‘rinishida beriladi. Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng, 2 yil davomida ssudani Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.
«Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan e’tiboran, malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun «Kasb vaucheri» berish tartibi joriy etiladi.
«Kasb vaucheri» ssuda ko‘rinishida beriladi. Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng, 2 yil davomida ssudani Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.
Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
- 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga;
- doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga.
Bunda ishsizlik nafaqasi to‘lanishi davrida o‘quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
Mavzuga oid
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
15:21 / 23.02.2026
Rockwool: Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajaga yaqinlashdi
13:22 / 20.02.2026
O‘zbekistonning shahar va tuman hokimlari Londonda malaka oshiradi
16:17 / 31.01.2026