Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr va Filippin S7'ning foydalanilmayotgan Airbus'larini olmoqchi
Misr va Filippindagi aviakompaniyalar AQSh dvigatellarini Rossiyada ta’mirlash imkonsizligi tufayli foydalanilmayotgan Airbus'larni S7'dan olmoqchi. Rossiya ularni almashishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin, biroq ekspertlar kelishuvga erishish imkoniyatlarini minimal deb hisoblayapti.
Foto: Airbus/Stefan Kruijer
Misr va Filippin xususiy aviakompaniyalari – AlMasria va SEAir Rossiyaning S7 aviatashuvchisiga Rossiyada Amerikaning Pratt & Whitney (P&W) dvigatellarini ta’mirlash imkoni bo‘lmagani uchun foydalanilmayotgan Airbus A320/321neo samolyotlarini berishni taklif qildi, deb yozadi «Kommersant» gazetasi.
S7 jami 39 ta Airbus A320/321neo samolyotiga ega, ularning barchasi ijaraga olingan. Kompaniya hozirda atigi 11 ta A320neo'dan foydalanmoqda. Oy boshida muzokaralar tashabbuskori bo‘lgan Chernogoriyaning MelonAero aviakompaniyasi Rossiya transport vazirligi, bosh vazir o‘rinbosari Vitaliy Savelev va bosh vazir Mixail Mishustinga samolyotlarni berish taklifi bilan murojaat qilgan.
Murojaatda, xususan, samolyotlarning foydalanilmayotgani kelajakda foydalanish uchun tiklashda katta xarajatlarga olib kelishi mumkinligi aytiladi. Xat olingani gazetaning hukumatdagi manbasi tomonidan tasdiqlanib, taklif belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va’da qilingan.
Ayni paytda parkida uchta samolyot mavjud bo‘lgan SEAir bayonotida kompaniya Vladivostok, Krasnoyarsk, Irkutsk va Novosibirskka yo‘lovchi reyslarini tiklashga tayyorligini, ammo buning uchun ikkita A321neo kerakligi ta’kidlangan. Sakkizta samolyotga ega AlMasria vakillari o‘z kompaniyasining charter reyslari hozirdanoq Misr kurortlariga Sankt-Peterburg, Moskva, Qozon, Yekaterinburgdan faol uchayotganini va yangi samolyotlar reyslar sonini oshirishi mumkinligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
07:48 / 05.02.2026
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
15:28 / 03.02.2026
Rafah o‘tkazish punkti qayta ochildi: ilk safar qiluvchilar o‘tdi
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
18:02 / 13.01.2026