Migrantlarning maktablarda bepul öqişini taqiqlaş Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga ziddir, dedi Ta’lim vazirligining davlat umumta’lim siyosati va maktabgaça ta’limni rivojlantiriş departamenti direktori Aleksandr Reut.

U Davlat dumasining migrantlarning farzandlari uçun 1-sinfdan 11-sinfgaça maktabda bepul öqişni taqiqlaş haqidagi loyihasiga şunday munosabat bildirdi.

«Bunday loyiha Konstitutsiyaga zid. Konstitutsiyaga köra, Rossiyaning barça fuqarolariga va çet el fuqarolariga ta’lim oliş huquqi berilgan. Bu Rossiya Federatsiyasi hududida bölgan barça odamlar uçun umumiy huquqdir. Umumiy ta’lim qismida bu bepul, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi qismida ham, ammo oliy ta’lim qismida esa tanlov asosida bepul», dedi u.

Avvalroq Davlat dumasi deputatlari migrantlarning farzandlari uçun 1-sinfdan 11-sinfgaça maktabda bepul öqişni taqiqlaş töğrisidagi qonun loyihasini parlament palatasiga kiritişga tayyorlayotgani ma’lum bölgandi. Bu haqda Davlat Dumasining Mehnat qömitasi raisi Yaroslav Nilov ma’lum qildi:

«Çet elliklarning farzandlari yoşi va sinfidan qat’i nazar, pullik öqişi kerak. Ular uçun rus tilini biliş böyiça test sinovlarini topşirişga urinişlar soni uçtagaça bölişi kerak. Ilgari rad etilgan qonun loyihamizga şunday tuzatişlar kiritildi... Öqituvçilarimizning ham, rus tilini bilmaydigan çet elliklarning ham asabini asraylik - ota-onasini uyda kutsin yoki pullik asosda maxsus dasturlar böyiça öqisin».