AQŞ Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olişni rejalaştirmayapti va HAMAS radikal guruhini yöq qiliş tarafdori. Bu haqda vitse-prezident Jyeyms Vens Londonda Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Vens sözlariga köra, u Falastin davlatini tan oliş nimani anglatişini bilmaydi, çunki u yerda amaldagi hukumat yöq.
«Prezident Tramp Isroil va Ğazo sektoridagi vaziyat böyiça juda oddiy maqsadlarimiz borligini aniq aytdi. Birinçidan, biz HAMAS endi heç qaçon Isroilning begunoh tinç aholisiga hujum qilmasligini xohlaymiz. Bunga erişiş uçun HAMAS yöq qilinişi kerak, deb hisoblaymiz. Ikkinçidan, prezident Ğazodagi gumanitar inqirozning dahşatli manzaralaridan qattiq ta’sirlangan. Şunday ekan, biz bu muammoni hal qilmoqçimiz», deb qöşimça qildi Vens.
Donald Tramp iyul oyida HAMAS va Isroil örtasida bölib ötgan muzokaralar natijalarini qoniqarsiz deb atadi. AQŞ prezidenti guruhning taslim bölişini inqirozni hal qilişning eng tez usuli deb hisoblamoqda. Bir kun avval Isroil hukumati Ğazo sektorida quruqlikdagi operatsiyani kengaytiriş rejasini ma’qullagan edi. Bu HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarni ozod qiliş böyiça muzokaralardan boş tortişiga javoban yuz berdi.
«Katta yettilik»ning uçta davlati - Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanada Falastin davlatini tan oliş niyatini e’lon qildi. Bu sentabr oyida BMT Boş Assambleyasida bölib ötişi kutilmoqda. Falastin davlatini 147 davlat tan olgan. 2024 yilda AQŞ Falastinning BMTga tölaqonli a’zoligiga veto qöydi. 2024 yildan boşlab Falastinni önta davlat, jumladan, Irlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Armaniston tan oldi.












