Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib boriladi

Bunda:

  • “O‘zbekkosmos” agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlar bazalari o‘zaro integratsiya qilinadi;
  • “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tgan obektlar bo‘yicha ma’lumotlar tizim orqali avtomatik olinadi;
  • “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish maydonlari aniqlangan taqdirda, mazkur obektlar haqida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligiga tegishli ma’lumotlar uzatib boriladi.

Belgilanishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kuzatuv ishlari respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.