Jahon | 18:16 / 11.08.2025
5720
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh vitse-prezidenti: “Ukrainaning urushini moliyalashtirishdan charchadik”

Jyey Di Vens diqqatni nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratishga chaqirdi.

Foto: Getty images

AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Ukrainani Rossiya bilan urushda moliyalashtirishni to‘xtatish va diqqatni mintaqada tinchlik o‘rnatish yo‘llarini izlashga qaratish kerakligini aytdi.

“Biz Ukrainaning urushini moliyalashtirishdan charchadik. Tinchlik o‘rnatish vaqti keldi”, — dedi Vens Fox News efirida.

U amerikaliklarning to‘lagan soliqlari urushni qo‘llab-quvvatlashga sarflanayotganidan noroziliklari kuchayib borayotganini qayd etdi.

Vens bu masalada Yevropa mamlakatlarini ko‘proq mas’uliyatni zimmalariga olishga chaqirdi.

U Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida bu mavzuni ko‘targanini eslatib o‘tdi.

“Biz yevropaliklarga anq-ravshan aytdik: bu urush sizlarning ostonangizda. Agarda bu nizoni ustuvor deb hisoblasangiz sizlar ko‘proq tashabbus ko‘rsatishingiz va ko‘proq mablag‘ ajratishingiz kerak”, — dedi AQSh vitse-prezidenti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid