11–12 avgust kunlari Özbekiston hududi böyiça asosan kam bulutli va issiq ob-havo şaroiti saqlanib turadi, deb xabar berdi «Özgidromet». Biroq haftaning ikkinçi yarmida nisbatan salqinlaşadi.
11–12 avgust kunlari havo harorati asosan +38...+40 daraja, janubda +42 darajagaça böladi. Faqat şimoli-ğarbiy viloyatlarda va çöl hududlarda ertaga kunduzi harorat 2-3 daraja pasayadi.
13 avgust, çorşanba kuni haroratning pasayişi Özbekistonning barça hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayişi iş haftasining ikkinçi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat +34...+37 darajagaça, faqat eng çekka janubda +40 darajagaça pasayadi.
Uşbu kunlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida 13 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Harorat keçalari +21...+23 daraja, 11-12 avgustda kunduz kuni +38...+40 daraja, 13 avgustda +36...+38 daraja, 14-15 avgustda +34...+37 daraja böladi.












