DXX matbuot xizmati Buxoro va Toşkent viloyatlarida, şuningdek, Toşkent xalqaro aeroportida uç nafar içki işlar xodimi pora olayotganda qölga tuşgani haqida xabar berdi.

Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasi xodimi özining mansabdor tanişlari orqali Buxoro şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvida bölgan jinoyat işini gumonlanuvçiga nisbatan bölgan qismini harakatdan tugatişda yordam berişi evaziga 13 ming AQŞ dollari talab qilgan.

DXXning Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi hamda içki işlar va prokuratura organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda xodim 13 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmasi qöriqlaş boşqarmasi Angren şahar bölimi safdor xodimi bölinma komandiri örinbosari bilan özaro til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalangan holda mansabdor tanişlari orqali Oqqörğon tumanida yaşovçi fuqaroni qöriqlaş boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga 1500 AQŞ dollari talab qiladi.

DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda prokuratura organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda safdor xodim oldindan 1000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

DXX tomonidan ötkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida IIV Migratsiya va personallaştiriş Departamenti Toşkent xalqaro aeroportida pasport-viza bölimi katta inspektori mansab vakolatidan foydalangan holda voyaga yetmagan şaxsning xorijga çiqiş biometrik pasportiga uni xorijga olib çiqib ketayotgan fuqaroga hamrohlik qiluvçi ştamp belgisini tezlaştirilgan tartibda rasmiylaştirib beriş evaziga 400 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida, katta inspektor 2025 yilning boşidan hozirgi kunga qadar Özbekiston respublikasida bölib turgan 42 nafar çet ellikning har biridan 300-700 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olib, ularga çiqiş vizasini, şuningdek, Özbekistonning 8 nafar fuqarosiga hamrohlik qiluvçi ştamp belgisini tezlaştirilgan tartibda rasmiylaştirib beriş evaziga 200-400 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida olgani ham aniqlandi.

Hozirda uşbu qonun himoyaçilariga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.