Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda özini özi band qilgan şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga oid taqdimot bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, şaffof tadbirkorlik muhitini şakllantiriş, naqdsiz tölovlar uçun qulayliklarni kengaytiriş közda tutilmoqda.
Unga köra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun 2030 yil 31 dekabrga qadar maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Ularni davlat röyxatidan ötkazişdan tortib hisobotni topşirişgaça bölgan barça asosiy xizmatlarni birlaştiruvçi integratsiyalaşgan raqamli platformalar yaratiladi. Jumladan, faoliyatni rasmiylaştiriş, bank hisobvaraqlari oçiş va boşqariş, soliqlarni hisoblaş va tölaş, hisob-kitoblar qiliş va fiskal çeklarni şakllantiriş uşbu raqamli platformalar orqali yuritiladi.
Bu tizimda elektron hamyon oçilişi tadbirkorlarga daromadlarni qabul qiliş, xodimlar, kontragentlar va taşkilotlar bilan hisob-kitoblarni amalga oşiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaş imkoniyatini beradi. Elektron hamyonga ega bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun bank hisobvaraqlarini oçiş ixtiyoriy böladi.

2025 yil 1 noyabrdan boşlab, bu jarayonlarda “QR-kod” va “tap to pay” texnologiyasidan foydalaniladi. Hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolaş mumkin böladi. Bu ma’lumotlar qoğoz nusxadagi hujjatlar bilan tenglaştiriladi. “Kunlik tölov” tartibi tajriba tariqasida joriy etilib, xodimlarga tölovlarni elektron hamyon orqali tölaş imkoniyati yaratiladi.
2026 yil 1 yanvardan boşlab, yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslarda elektron tölovlarni qabul qiluvçi maxsus QR-kod mavjud bölişi çakana savdo qoidalarining majburiy talabi etib belgilanadi. Raqamli platformadagi pul aylanmalari töğrisidagi ma’lumot kredit ajratişda inobatga olinadi.
Prezident bu takliflarni ma’qullab, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda özini özi band qilgan şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorni imzoladi.
















