Janubiy Koreyada sud mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolning turmuş örtoği Kim Kon Xini hibsga olişga order berdi, deb xabar qildi Ryonxap agentligi.
Agentlik xabarida aytilişiça, sobiq birinçi xonim qimmatli qoğozlar bilan boğliq firibgarliklar, saylovlarga aralaşiş va pora olişga aloqadorlikda ayblanmoqda.
2024 yil dekabrda öşa davrdagi prezident Yun Sok Yol mamlakatda favqulodda holat joriy etişga uringan, şundan söng unga impiçment e’lon qilingandi. 4 aprel kuni Konstitutsion sud impiçmentni tasdiqladi.
Seul sudi 10 iyul kuni Yun Sok Yolni hibsga olişga ikkinçi marta order berdi. Sobiq prezident 15 yanvarda hibsga olingan, biroq mart oyida ozodlikka çiqarilgandi.

















