Qator davlatlarda mehnat migrantlarini qurolli harakatlarda iştirok etişga yollaş holatlari köpaymoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligi tafsilotlarga töxtalmasdan.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston Jinoyat Kodeksining 154¹-moddasiga köra, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat ötaş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanadi.

Migratsiya agentligi quyidagilar qat’iy ravişda taqiqlanganini ma’lum qildi:

- qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlaşiş;

- harbiy operatsiyalarda iştirok etiş;

- xorijiy davlatlarning qurolli kuçlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boşqa kuç tuzilmalari safiga qöşiliş;

- şubhali şaxslar, guruhlar yoki taşkilotlar tomonidan amalga oşirilayotgan yollaş yoki jalb qiliş (verbovka) takliflariga rozilik beriş.

Şubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol Özbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari yoki Migratsiya agentligining vakolatxonalariga murojaat qiliş tavsiya etildi.