Migratsiya agentligida 1 mlrd sömdan ortiq talon-torojliklar foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Toşkent şahri boşqarmasi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda Migratsiya agentligining mas’ul şaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ning amalda işlamagan davri uçun 931,6 mln söm iş haqi sifatida tölab berib, byudjyet mablağlarini rastrata yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Bundan taşqari, intizomiy jazo çorasi qöllanilgan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravişda 8 nafar xodimga 88,5 mln söm tölab berilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq Migratsiya agentligi Koreyaga boruvçilardan 20 mln sömdan ortiq xizmat haqi undirayotgani ma’lum bölgandi.

















