Ğazoda yirik dafn marosimi
Ğazodagi falastinliklar seşanba kuni Isroilning genotsid uruşi davrida vayronalar ostidan jasadlari topilgan 112 kişi uçun janoza namozini öqidi.
Anadolu naşrining xabar berişiça, Ğazo şahrining Sabra mahallasida minglab odamlar yiğilgan. U yerda bayroqlarga öralgan jasadlar xarobalar yoniga qöyilgandi. Qurbonlar keyinçalik Zaytun mahallasida joylaşgan qabristonga dafn etildi.
Uşbu qurbonlar Al-Hasayn va Abu Şariya oilalariga mansub. Ular 2023-yil 23-noyabr kuni uylariga Isroil havo hujumlari zarba berişi oqibatida halok bölgandi. Qurbonlar soni köpligi sababli bu janoza Ğazoda sönggi yillarda ötkazilgan eng yirik marosimlardan biri böldi.
Ğazo Fuqaro mudofaasi öz bayonotida qurbonlar orasida 40 nafar bola, 38 nafar ayol va yetti nafar nogironligi bölgan şaxs borligini ma’lum qildi.
Şu bilan birga haligaça vayronalar ostida qolib ketgan 157 kişining qoldiqlarini olib çiqişning imkoni bölmayapti.
Falastin rasmiylariga köra, 2023-yil oktyabr oyidan beri Isroilning Ğazoga qarşi genotsid uruşida 73 000 dan ortiq inson halok böldi, 174 000 dan ortiq odam jarohatlandi.
2025-yil 10 oktyabrda kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş rejimiga qaramay, Isroil hujumlari butun anklav böylab davom etib, yana 1250 nafar falastinlikni öldirgan va 4110 kişini jarohatlagan.
AQŞ-Eron muzokaralari
AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni bölib ötgan muzokaralar çoğida uning ma’muriyati Eron bilan «juda yaxşi muhokamalar» ötkazganini aytdi.
«Ular kun böyi muzokara olib borişdi. Hörmuz böğozi juda tez orada oçiladi. Agar ular yana ortga çekinsa, ularga juda qattiq zarba beriladi», dedi Tramp Fox Newsʼdagi çiqişida.
Axios naşri öz manbalariga tayanib xabar berişiça, AQŞ va Eron – Ömon bilan kelişuv orqali «böğozni qayta oçiş böyiça oraliq bitim»ga yaqinlaşmoqda. Vaşington çorşanba kuni bu haqda e’lon qilişni maqsad qilgan.
Biroq Eron rasmiylari - «Qöşma Ştatlar Eronga tahdid qilişda davom etar ekan, böğoz böyiça kelişuv keçiktirilişini» ma’lum qildi.
Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bağoiy esa böğoz orqali tranzit masalasida Ömon bilan muzokaralar ijobiy davom etayotganini, şuningdek, ular xavfsiz qatnov yölaklarini örnatişga qaratilganini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, muzokara qilinayotgan yönaliş ikki davlatning suveren huquqlari va milliy xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan.











