Prezident matbuot xizmati xabariga köra, bu sohaga zamonaviy yondaşuvlar olib kirilmoqda. Oxirgi uç yilda barça manbalardan 2 trillion sömdan ziyod mablağ yönaltirildi. Ötgan yili Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi taşkil etildi.
Çiqindi korxonalari uçun 1 ming 200 ta yangi texnika olib berildi. Mahallalarda çiqindi maydonçalari qurildi. Töplaş va taşib ketiş yaxşilangani natijasida bu tarmoq ikkilamçi xomaşyo manbaiga aylandi.
Avvallari davlat monopoliyasida bölgan sohada tadbirkorlikka yöl oçilib, qulay biznes muhiti yaratildi. Jumladan, sanitar-tozalaş hamda çiqindini qayta işlaş korxonalari uçun foyda soliği va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi. Çetdan olib kelinadigan texnika va uskunalar import bojidan ozod qilindi. Natijada 200 ga yaqin sanitar-tozalaş va 290 ta çiqindini qayta işlaş korxonalari oçildi.
Taqdimotda mutasaddilar sohadagi loyihalarning borişi va galdagi rejalar haqida axborot berdi.

Özbekistonda yiliga 14 million tonna maişiy çiqindi hosil böladi. Lekin ularni qayta işlaş darajasi past. Sönggi yillardagi loyihalar natijasida bu endi 5 foizga yetdi.
Çiqindini yoqiş orqali energiya işlab çiqariş loyihalari qöllab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar 6 ta viloyatda şunday zavodlar quryapti. Davlat çiqindi utilizatsiyasi uçun ularga tölov qiliş bilan birga, hosil bölgan energiyani sotib oliş böyiça ham majburiyat olyapti.
Yaqinda Toşkent şahrida tibbiyot çiqindisini yoqib, issiqlik oladigan ikkita korxona işga tuşirildi. Yana Samarqandda 2 ta, qolgan hududlarda bittadan şunday zavodlar qurilişi möljallangan.

Maişiy çiqindilarning törtdan biri qoğoz, plastik, rezina, şişa, töqimaçilik qoldiqlariga töğri keladi. Ularni qayta işlab, 1 trillion sömlik mahsulot oliş mumkinligi aytildi. Bundan taşqari, Özbekistonda qayta işlanmaydigan quriliş, kimyo, elektron, texnik va sanoat moylari böyiça katta zaxira borligi körsatib ötildi.
Çiqindini taşib ketiş xizmatlari aholini rozi qiladigan darajada bölişi kerakligi ta’kidlandi. Şu bois mahallaga çiqindi texnikasining keliş vaqti va harakatini onlayn köriş imkoniyatini yaratiş vazifasi qöyildi.















