Donald Trampning Alyaskada Vladimir Putin bilan iliq uçraşuvi Yevropa yetakçilarini xavotirga soldi, ular 18 avgust kuni Volodimir Zelenskiy ham Vaşingtonda xuddi şunday «döstona kutib olinmasligi»dan xavotirda, deb yozmoqda Politico naşri yevropalik diplomatlarga tayanib.

Yevropa yetakçilari Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbni – «Trampning sevimli suhbatdoşlaridan biri»ni muzokaralar uçun Oq uyga yuborişga qaror qilişgan. Stubb Ukraina va AQŞ prezidentlari örtasida yuzaga kelişi mumkin bölgan ziddiyatning oldini olişga yordam berişi, şuningdek, Trampni Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça keyingi muzokaralarga Yevropani qöşişga köndirişi közda tutilgan. Politico xabari çiqişidan köp ötmay, Finlandiya prezidenti ofisi Stubb Vaşingtonga borişini tasdiqladi.

Ukrainaning Yevropadagi ittifoqçilari fevral oyida Oq uyda bölib ötgan, Zelenskiy va Tramp Oval kabinetdagi uçraşuvda barçaning köz öngida bahslaşib qolgan muvaffaqiyatsizlik takrorlamasligini xohlamoqda. Hozir ular prezidentlar örtasidagi «mört işonç»ni yöq qilişi mumkin bölgan «tuzoq»ga yöl qöymaslikka harakat qilmoqda. Şu munosabat bilan uçraşuvga «Tramp bilan yaqin munosabatlar örnatişga muvaffaq bölgan» NATO boş kotibi Mark Ryutte ham qöşiladi.

Oq uydagi uçraşuvda iştirok etişini Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen rasman tasdiqladi – ikkinçisi Zelenskiyning iltimosiga binoan Tramp bilan uçraşuvda iştirok etişini aytdi. Sky News xabariga köra, Oq uydagi muzokaralarga Italiya boş vaziri Jorja Meloni ham boradi.

Tramp Putin bilan muzokaralardan söng Zelenskiy va Yevropa yetakçilari bilan qönğiroqlaşuv çoğida ularni Moskvadan zudlik bilan öt oçişni töxtatişni talab qilişni bas qilişga çaqirgan, deb yozmoqda FT. Holbuki Putin bilan uçraşuvgaça Tramp muzokaralar öt oçişni töxtatişga olib kelmasa, bundan qoniqmasligini, bu holda «juda jiddiy oqibatlar» bölişini aytgandi. Ammo sammitdan söng u Putinning pozitsiyasiga qöşilişini va «köp hollarda bajarilmaydigan vaqtinçalik sulhlar» emas, balki tinçlik şartnomasi borasida kelişuv kerakligini aytdi.

Muzokaralardan keyingi ikki kun davomida Ğarb ommaviy axborot vositalari öz manbalariga tayanib, Putin Tramp bilan sammit çoğida qanday talablar qöygani haqida xabarlar tarqatdi. Ular orasida Ukraina qöşinlarining Donetsk va Luhansk oblastlari hududidan olib çiqilişi ham bor. Bunga javoban Putin front çiziğining qolgan qismini muzlatib qöyişga (bu Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan qismlarini Rossiya nazoratida qoldiradi), şuningdek, Reuters manbalariga köra, Ukrainaga Sumi va Xarkiv oblastlarining bosib olingan qismlari ustidan nazoratni qaytarişga tayyor. Agentlik ma’lumotlariga köra, Zelenskiy Tramp va Yevropa yetakçilari bilan telefon orqali muloqot çoğida Donbassdan qöşinlarni olib çiqişdan boş tortgan. Financial Times naşri ta’kidlaşiça, Donbassni Rossiyaga berişdan boş tortganiga qaramay, Zelenskiy Tramp bilan «hududiy masalani muhokama qiliş uçun oçiq».