Ilon Maskka tegişli SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yöldoş internet xizmati Özbekistonda 2026 yildan boşlab işga tuşişi kutilmoqda. Bu haqdagi ma’lumot bilan Starlink saytida tanişiş mumkin.

Unda xizmatning işga tuşiş muddati 2026 yil deb körsatilgan.

13 avgustdan boşlab Qozoğistonda Starlink sun’iy yöldoş interneti rasman işga tuşdi.

«2025 yil 13 avgustdan boşlab Starlink kompaniyasi Qozoğiston Respublikasi hududida sun’iy yöldoş interneti xizmatlarini taqdim etişni rasman boşlaydi. Buning natijasida mamlakat aholisi SpaceX kompaniyasiga tegişli Starlink past orbitali sun’iy yöldoşlari tarmoği orqali yuqori tezlikdagi va işonçli internetdan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi», deb xabar berdi Qozoğiston Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi.

Ilon Mask tomonidan asos solingan SpaceX tarkibiga kiruvçi Starlink kompaniyasi texnologiyasi hatto eng çekka va boriş qiyin bölgan hududlarda ham barqaror ulanişni ta’minlaydi.