Şörpeşona kooperativlar – maxsus qonun çiqqaniga qaramasdan soha rivojlanmayapti
|15:01 / 18.08.20259 06910 min
Dunyo amaliyotida öta keng yoyilgan qişloq xöjaligi kooperativlari instituti Özbekistonda kurtak holidayoq söndirilyapti. Qişloq xöjaligini soğlomlaştiriş, erkin bozorga yaqinlaştiriş yölida muhim omil bölgan kooperativçilik sun’iy tösiqlarga uçrayapti.
Kooperativlar. Oxirgi bir neça yilda bu sözni juda köp marta aytdim. Aytgim ham kelmay qoldi. Çunki qança gapirilmasin, Özbekistonda qişloq xöjaligi kooperativlari rivojlanmadi. Butun boşli Surxondaryoda masalan, şu paytgaça atigi 4 ta qişloq xöjaligi kooperativi oçildi. Sababi oddiy – yöl berişmaydi, ming bir usul bilan kooperativ tuzişga tösqinlik qilişadi. Nega? Çunki kooperativlar bu – mustaqil fermerlar birlaşmasi, paxtani masalan, öz puliga yetiştiradi va tabiiyki, özi sotadi. Mahalliy hokimlarning fikriça, mustaqil fermerlar köpayib ketsa, klasterlarga heç kim tobe bölmay qöyadi.
Klasterlar hokimlarga nimaga kerak özi? Savolga javob oddiy – özingiz tuşunib turgan bölsangiz kerak – “tirikçilik”, sohaning va xalqning zarariga xizmat qiladigan “tirikçilik”. “Konvert” deb nomlanadi bu “tirikçilik”. Mana şunaqa sodda formula. Özbekiston qişloq xöjaligining taqdiri esa ularni qiziqtirmaydi.
Qişloq xöjaligi kooperativi özi nima? Butun dunyoda qöllanadigan bir narsa. Sodda qilib aytganda, mustaqil fermerlar faoliyati samaraliroq bölişi uçun kuçlarini birlaştiradi – “birlaşgan özar” formulasi.
Ular birgalikda uruğ, öğit, yoqilğini sotib olişadi, oqibatda bu aşyolar arzonga tuşadi. Qimmat texnikalarni birgalaşib sotib olişadi. Yetiştirgan mahsulotlarini ham katta partiya qilib sotişadi, mayda bölak qilib emas. Örtakaşlarga çiqim qilmasdan. Moliya taşkilotlaridan birga qarzlar oliş osonlaşadi. Kuçni birlaştirib qayta işlaşni taşkil qilişadi. Katta işlab çiqaruvçi sifatida narxni savdolaşiş imkoniyati oşadi, maydasida unaqa imkoniyat öta past. Kooperativga birlaşgan fermerlarning eksportga çiqişi ham osonlaşadi. Katta işlab çiqaruvçi mahsulot sifatini ham oşirişi, standartlarga amal qilişi osonlaşadi.
Tabiiyki, bundan butun jamiyat yutadi – rivojlangan qişloq xöjaligi hammaga kerak. Kooperativlar mamlakatning yalpi mahsulotini köpaytiradi.
Muhim jihati – haqiqiy kooperativlarni tuzişga... manfaat çorlaydi. Topşiriq emas. Bunaqa köngilli birlaşuv oqibatida katta işlar qilinadi, zavod-u fabrikalar tabiiy ravişda yuzaga keladi – şijoatdan kuç olgan holda, buyruq bilan emas.
Yurak yutib tahririyatimizga murojaat qilgan “Hosildor oltintola” kooperativi raisi Abdurasul Haitovni tinglaymiz. U bir oydan beri muammosini hal qilolmay Toşkentda yaşab turibdi, uyi uzoq Surxondaryoda bölsa ham. Mazkur kooperativga 12 nafar fermer birlaşib, 360 gektar maydonda paxta yetiştirgan. Ammo Agroplatforma degan resursga bu kooperativning hosili kiritilmagan. Natijada bitta rasmiyatçilik sabab kooperativ özi yetiştirgan paxtani saqlaşi mumkin bölmay turibdi.
Mavzuga oid
- Nega kooperativ tuzişga qaror qildingiz?
- Klaster öz vaqtida pullarimizni bermadi. Bu yilgi topşirgan paxtaning pulini kelgusi yil ham ololmadik. Aylanma mablağlarimiz asta-sekin tugab boraverdi. Rentabellik pasayib ketavergandan keyin maslahatga keldik: kooperativ tuzmasak, bölmas ekan. Paxtaning bahosi juda past, xarajatlarni qoplamaydi. Qaçonki kooperativ tuzib, özimiz paxtani jamğarib, bunt qilib, zavodlarda qayta işlab, birja orqali özimiz sotadigan bölsak, yaxşi narxga sotar ekanmiz. Kooperativ tuzişga kelişayotgan paytda bizga bosimlar bölişini bilgandik. Lekin qaytmay, işlaymiz, boşqa çoramiz yöq dedik.
- Natija qanday böldi?
- Öz hisobimizdan 12 fermer 360 gektar yerda paxta yetiştirdik. Suvdan qiynaldik bu yil suv kam böldi.
- Hozir qanday muammolarga duç kelib turibsizlar?
- Prezidentimizning yettinçi qarori böyiça kooperativlar 1 maygaça saqlaş omborlarini röyxatdan ötkazişi kerak edi. Ulgurmay qoldik. Ikki oy muddat bor edi.
- Nega bunaqa qisqa muddat?
- Bu savolga javob berişga qiynalaman.
- Ulgura olmasin deganday tuyulyapti-da menga.
- Qisqa muddatga qaramasdan, paxtani bunt qiladigan texnikalarni sotib oldik. Paxtani jamlaydigan yerni ijaraga oldik. GOST-standartdan ötkazişimiz kerak edi öşa sotib olingan texnikalarni. Ötkazgunimizça olti kun ötib ketdi muddatdan. Viloyat Agroinspeksiyasiga borganimizda, “endi sizlar keçikdilaring, endi bölmaydi”, deyişdi. Qayta-qayta murojaat qildik. Oçiq muloqot ötkazildi Toşkentda. U yerda ham murojaat qildim. Muddatni 1 sentabrgaça çözişni söradim. Qişloq xöjaligi vazirligi bu masalani körib çiqamiz, deb va’da berişdi. “Işlaring hal bölib qoladi”, deyişdi. Şuni kutib turibmiz hozirça.
- Paxta qaçon pişadi?
- Sentyabr boşida pişadi. Qisqa vaqt qoldi.
- Bitta qoğoz hal qiladimi bu narsani?
- Şunday. Agroplatformaga kiritmasak, biz paxtani özimiz maxsus punktga jamğara olmaymiz.
- 360 gektar paxtaning taqdiri nima böladi, agar mana şu narsa hal bölmasa?
- Şunday. Mahalliy hokimiyatlar hozirdanoq 15 kun muddat bilan berdi xat bilan, “qayta fyuçers şartnomasini tuzasizlar”, deb. Majburlaşga ötişgan.
- Göyoki uyuştirilganday. Qarorning içiga qisqa muddat kiritib, sizlarga imkon bermaslik va natijada paxtani oxir-oqibat klasterga topşiriş uçun. Şunday tuyulyapti menga. Sizga-çi, sizga qanday tuyulyapti?
- Bizga ham şunday tuyuladi. Çunki bunça sarsongarçilik kimga kerak edi? Özimiz uçun işlaymiz-ku. Özimiz uçun paxtani jamğaramiz. Boşqa davlatga sotolmaymiz. Qayta işlab, uç xil, tört xil mahsulot olib, birjaga qöyib sotmoqçimiz, xolos. Iş örni ham yaratiladi.
Surxondaryo viloyati böyiça törtta kooperativ bor. Qumqörğon tumanida bitta kooperativmiz. Ögayga öxşaymiz. Yiğilişlarda ham ajralib turamiz, ögayga öxşab.
- Orzungizdagi fermerçilik haqida gapirib bering.
- Birinçi navbatda fermer erkin bölişi kerak. Topşiriqlar, bosimlar bölmasligi kerak. Soddalaştirilgan soliq tizimi bölişi kerak. Suv bilan ta’minlaşda adolat bölişi kerak. Hozir tengsizlik bor.
- Sizga özi hokim kerakmi? Faoliyatingizni boşqarib, buyurib, “mana buni qil, buni qilma”, majlislarga çaqirişi, döq urişi... Siz öşasiz ham faoliyat yurita olmaysizmi?
- Bir oyda bir marta çaqirib, kamçiliklarni aytişsa bölardi.
- Hokimsiz ham öz muammo, kamçiliklaringizni aniqlay olmaysizmi?
- Aniqlaymiz. Paxta teriş maşinasini lizingga olyapmiz. Beş oyda bölayotgan iş bu. Beş yil, 10 yillab faoliyat körsatsak, kelajakda zavodlar qurib olamiz. Qişloqqa sanoatni olib kiramiz. Iş örinlari yaratişimiz mumkin. Köproq erkinlik bölişi kerak.
- Farazan 20 yil oldin öşa siz aytayotgan erkinlik fermerlarga berilganda, bir tasavvur qila olasizmi, hozir soha qanday körinişga kelgan bölardi?
- Rivojlanib ketgan bölardi. Xitoyni olaylik masalan, qisqa davrda qançalik rivojlanib ketdi. Ularda fermer hatto tuman rahbarlarini tanimaydi. Yaqinda biri bilan gaplaşib qoldim. “Tanimaymiz ham”, deydi. Çunki hamma özi uçun işlaydi-ku.
- Özi uçun işlaydi. Ya’ni ortiqça, keraksiz nazorat bu – faoliyatga tösiq. Mansabdorning kayfiyatiga yoqmay qolişi mumkin nimadir, şunga boğliq bölib qoladi faoliyat.
- Köngliga qarab işlab yurasiz. Biz kimlargadir yoqmaymiz. Fermerlarning kooperatsiyaga birikişi ham qiyin. 10 ta, 20 ta yo 30 ta odamning fikri bir joydan çiqişi – qiyin masala.
- Manfaatni körgandan keyin kelişiş ham oson bölib qoladi-da.
- Manfaatni körmasdanoq birikib işlab kelyapmiz. Agar manfaatni körsa, bular yana jipslaşadi. Yaqin yillarda kooperativga birikkan fermerlarimizning hammasini tomçilatib suğorişga ötkazmoqçimiz. Suvni iqtisod qiladi, birinçidan. Paxtaning hosildorligi köpayadi.
- Yerni yaxşi holatda saqlaş imkonini beradi.
- Şunday. Yoqilği-moylaş materiallari, traktorlar işlamaydi keyin. Öğitlar ham şu tomçilatib suğoriladigan şlanglar orqali beriladi. Biz şuning ustida işlayapmiz, kooperativ a’zolari. Hukumat rahbarlaridan iltimos qilardik, kooperativimizni Agroplatformaga kiritişda yordam qilsinlar.
- Ya’ni bu yerda qaysidir bir arzimas qoğozbozlik uçun sizlarning 360 gektarda ekilgan paxtalaringizning taqdiri noma’lum bölib turibdi. Şundaymi? Qaysidir bir qoğoz uçun, tugma bilan bajariladigan iş uçun. Şundaymi?
- Şunday. 20 sotix tomorqasi bor odam xarajatiga pul topolmaydi. Bu fermerlar esa 360 gektar yerni öz hisobidan yetiştirmoqda. Yana, qöşimçasiga, paxtani jamğaradigan punktga kerak bölgan asbob-uskunalarni kengaşib sotib oldik. Laboratoriya asbob-uskunalarini sotib oldik. Brezentlarni sotib olyapmiz. Çunki manfaat körinib turibdi. “Lazer”ni, yer tekislagiç agregatlar oldik. Suvni kam sarflaş uçun yerni tekislab işlatmoqçimiz.
- Sal oldinroq holatlaringizni yoritgan edim.
- Öşa paytda “fyuçers şartnomasini klaster bilan tuzasan”, deb majburlaşgan edi bizni.
- Sizlar könmadingizmi?
- Biz könmadik.
- Qanday körinişda majburlov bölgan edi?
- Har kuni çaqirardi, keça-yu kunduz, “şartnoma tuzasan”, derdi. Sizning körsatuvingizdan keyin işimiz yengil köçdi, töğrisi. Hozir endi paxtani saqlaş hujjatlari vaqtida bölmaganligi uçun yana boşlandi bu işlar. Fermerlarga “15 kun içida şartnoma tuz”, deb xat jönatilgan.
_______________________________
Körib turibmizki, bu fermerlarda özgaça bir kayfiyat, boşqaça yondaşuv uyğongan, ularda egalik hissi paydo bölyapti, ular özaro kelişişni örganişyapti, rejalar qilişyapti. Ana şunday, birlaşgan birliklar yaqin kelajakda katta işlarni qilişi mumkin. Agar ularga xalaqit qilinmasa, şijoat kurtak holidayoq yöq qilinmasa.