AQŞ va Rossiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari beriş böyiça kelişib oldi, deb ma’lum qildi AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff.

Uning qöşimça qilişiça, "endi hammasi Kiyevga boğliq".

Uitkoff şuningdek, duşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uçraşuvida Ukraina hududlari masalasi muhokama qilinişini aytdi.

18 avgust kuni Oq uyda Zelenskiyning Tramp bilan uçraşuvida Makron, Mers, Meloni va yevropalik boşqa yetakçilar ham iştirok etadi.

Tramp Putin bilan muzokaralardan söng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelişuvga ança yaqin” ekanini aytgandi. Uning sözlariga köra, endi Ukraina bunga rozi bölişi kerak va hammasi “prezident Zelenskiyga boğliq”.

The New York Times naşrining yozişiça, Donald Tramp Yevropa yetakçilariga butun Ukraina Donbass hududini Rossiyaga topşirişi taklifi bilan çiqqan.