AQŞ yetakçisi Donald Tramp Volodimir Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan uçraşuvdan söng Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qilişini aytdi.

"Bugungi uçraşuvlarimiz yakunlanişi bilan telefon orqali muloqot qilamiz”, dedi Tramp jurnalistlarga.

“U uçraşuvimiz tugaganidan söng qönğiroq qilişimni kutyapti”, deb qöşimça qildi AQŞ prezidenti.

Bugun Tramp Oq uyda Zelenskiy bilan yakkama-yakka suhbatlaşadi.

Söngra AQŞ yetakçisi Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuv ötkazadi.