«Özgidromet» 21 avgust, payşanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi +18...+20 daraja, kunduzi +34...+36 daraja böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +17...+22 daraja, kunduzi +35...+40 daraja böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +17...+22 daraja, kunduzi +32...+37 daraja böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +18...+23 daraja, kunduzi +35...+40 daraja böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi +17...+22 daraja, kunduzi +30...+35 daraja böladi.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja böladi.
Hafta oxirigaça respublika hududi böyiça quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin kötariladi.












