Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yana reklama roligida suratga tuşdi. Bu safar u xususiy oliygoh – Kokand University'ning Andijon filiali reklamasida köriniş berdi.

“Universitetda qabullar davom etmoqda, fursatdan foydalanib barça yoşlarimizga uşbu universitetda tahsil olişlarini tavsiya qilaman”, – degan Nazarbekov.

Universitet filiali bu rolikni öz rasmiy sahifasiga 4 iyul kuni joylagan.

Bundan avvalgi keys

Bu – madaniyat vazirining reklamada suratga tuşganiga oid birinçi holat emas. 2024 yilda Ozodbek Nazarbekov Kingsman kiyim dökonini reklama qilib çiqqandi.

Öşanda holat muhokamalarga sabab bölgaç, vazirning matbuot xizmati u bundan heç qanday moddiy manfaatdorlikni maqsad qilmaganini bildirgandi.

Reklama sohasida vakolatli davlat organi – Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi holat böyiça örganiş ötkazib, “Kingsman Uzbekistan” brendi ostida faoliyat yurituvçi “Boutique” MÇJ reklamada tovarlari mansabdor şaxs – madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan ma’qullanganini körsatgani uçun reklama qonunini buzgan deb topgan. Kompaniya moliyaviy jarimaga tortilgan.

Vazir esa vakolatli organ tomonidan aybsiz deb topilgan. U reklamani heç qayerda tarqatmagani tufayli, reklamaning aylanişida rasman iştirok etmagan (reklama beruvçi ham, reklama tayyorlovçi ham, reklama tarqatuvçi ham emas) degan xulosaga kelingan.

Ma’lumot uçun, “Reklama töğrisida”gi qonunning 16-moddasiga köra, reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan ma’qullanganini körsatiş taqiqlangan.