Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Afğonistonning Mozori Şarif şahrida Alişer Navoiy yodgorligining alloma haqidagi ma’lumotlar yozilgan devor qismi buzib taşlandi. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Majmuada bölgan Navoiy haykali 2023 yil fevral oyida qulatilgan edi. Endi esa, “Tolibon” harakati Afğonistonda hokimiyatni egallaganining 4 yilligini bayram qilgan kuni, haykalning ikki yonida joylaşgan, mutafakkir haqidagi ma’lumotlar bitilgan devor ham qulatildi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilişiça, vazirlik holat yuzasidan rasmiy Kobuldan izoh söragan. Afğoniston tomoni bergan izohga köra, Alişer Navoiy haykali örnatilgan joy “buyuk alloma xotirasiga yetarliça munosib emasligi”, şoir va mutafakkir uçun “yanada körkam majmua qurilişi lozimligi” bois mahalliy hokimiyat tomonidan “olib taşlangan”.

Ikki bosqiçda yöq qilingan yodgorlik Alişer Navoiy haykali va u haqda ma’lumotlar yozilgan devorlardan iborat edi. / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Şu bilan birga, bu buziş işlari Afğoniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatçilik bilan kelişilmagani alohida ta’kidlanib, afğon tarafi holat yuzasidan taassuf bildirgan.

“Afğoniston hukumati vakillari nafaqat Özbekiston, balki Afğoniston xalqi uçun mötabar bölgan Alişer Navoiy xotirasining munosib tarzda abadiylaştirilişini tasdiqlab, buyuk şoir va mutafakkir şarafiga alohida yodgorlik barpo etişga va’da berdi. Jumladan, hududni obodonlaştiriş, şoir hayoti va ijodiy merosiga oid ma’lumotlarni öz içiga olgan yozuvlarni tiklaş hamda amaldagi qarorlarga muvofiq yangi yodgorlik barpo etiş hamda u joylaşgan maydonga buyuk şoir Alişer Navoiy nomi qöyilişi rejalaştirilganini ma’lum qildi.

Afğoniston tomoni butun mintaqa uçun birdek qadrli bölgan buyuk mutafakkir xotirasini asrab-avaylaş borasidagi qat’iy sodiqligini bildirgan holda, uning nomini munosib e’zozlaş uçun barça zarur çoralar körilişini ta’kidladi”, – deyiladi Özbekiston TIV axborotida.