Duşanba kuni Oq uyda Yevropa yetakçilar bilan ötkazilgan uçraşuv vaqtida undan otaşkesimga erişişni söraşganida, u şunday javob qaytardi: «Men oltita uruşga çek qöydim... bu kelişuvlarning barçasini „otaşkesim“ sözini tilga olmasdan ham amalga oşirdim».

Keyingi kuni esa Tramp özi yakunlaşga muvaffaq bölgan uruşlar soni yettita ekanini aytdi.

Oq uy ma’muriyatidagilar unga tinçlik uçun Nobel mukofotini beriş vaqti allaqaçon kelganini bildirib, göyoki u yakunlagan «uruşlar»ni sanab ötdi.

Ularning ba’zilari uzoq yillik keskin munosabatlar natijasida yuzaga kelgan bölsa-da, faqat bir neça kun davom etgan, tuzilgan kelişuvlarning ayrimlariga qança vaqt amal qilinişi esa noma’lum.

Tramp, şuningdek, özining Truth Social ijtimoiy platformasidagi postlarida «otaşkesim» sözini bir neça bor işlatgan.

BBC Verify yuqorida aytib ötilgan mojarolarni sinçkovlik bilan örganib çiqdi va ularni töxtatişda AQŞning amaldagi prezidentining hissasi qançalik ekanini aniqlaşga harakat qildi.

Isroil va Eron

12 kunlik harbiy harakatlar 13 iyun kuni, Isroil Erondagi nişonlar böylab zarba yöllaganida boşlangandi.

Tramp boş vazir Binyamin Netanyahu kampaniya boşlanayotgani haqida oldindan xabardor qilganini aytgan.

AQŞ ham Erondagi yadroviy obektlar böylab zarbalar yölladi. Köpçilik bu qaror harbiy harakatlarni töxtatilişini yaqinlaştirişga yordam berdi deb hisoblaydi.

23 iyun kuni Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida şunday yozdi: «Rasman Eron otaşkesimni boşladi, 12 soat ötib Isroil ham otaşkesimga amal qila boşlaydi va 24 soat ötib butun dunyo 12 kunlik uruş rasman yakunlanganini olqişlaydi».

Harbiy harakatlar tugagaç, Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy öz mamlakati «hal qiluvçi ğalaba»ga erişganini aytdi, öt oçişni töxtatiş haqida esa gapirmadi.

Öşandan beri Isroil yangi tahdidlarga javoban Eronga yangi zarba berişi mumkinligini bildirib kelmoqda.

«Doimiy tinçlik yoki kelgusida Eron yadro dasturini qanday nazorat qiliş böyiça kelişuvlar yöq. Şu tariqa, fakt böyiça bizda uruş tugaşidan köra, öt oçişni töxtatiş bor, lekin men Trampning xizmatini e’tirof qilgan bölardim, çunki Isroilning Eronni AQŞ yordamida zaiflaştirişi strategik ahamiyatga ega», – deydi Brookings Institution tahlil markazi katta ilmiy xodimi Maykl ÖHenlon.