Prezident qarori bilan Alişer Şukrullayeviç Boboyev soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Alişer Boboyev 1996 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, uşbu oliy öquv yurtining klinik ordinatura yönalişida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1998 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boşlagan.

Turli yillarda Toşkent farmatsevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Olmazor tumani köp tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik şifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik şifoxonasi urologiya bölimi singari qator muassasalarda şifokor-urolog, Soğliqni saqlaş vazirligi kotibiyatida boş mutaxassis kabi lavozimlarda işlagan.

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlangan Boboyev tayinlovga qadar Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, vazirning oldingi birinçi örinbosari Alişer Şodmonov 2024 yil sentabrida uzoq muddatli davolanişi munosabati bilan mehnat ta’tiliga çiqqandi.

Şundan keyin soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari vazifasini vaqtinça bajariş Davron Tohiroviç Sultonov zimmasiga yuklangandi. U esa 2025 yil mayida prezident raisligidagi yiğilişda işdan olindi.