Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon chempionati qur’asi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi
FIFA 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladigan jahon chempionati qur’asi sanasi va joyini belgiladi.
Foto: AP
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi shu yil 5 dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
«Jahon chempionati tarixidagi eng yirik va eng ko‘p kutilgan qur’a marosimini AQSh madaniy yuragi bo‘lgan Kennedi markazida o‘tkazish biz uchun sharafdir. Bu — turnirga tayyorgarlikdagi muhim bosqichi bo‘lib, 2026 yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlikning asosiy voqealaridan biri hisoblanadi. Jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV vakillari va eng muhimi, 16 ta mezbon shahar muxlislarini AQSh poytaxtida kutib olishga intizormiz», dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.
2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi. Unda 48 ta milliy jamoa, jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
09:53 / 18.02.2026
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42 / 18.02.2026
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026