Yevropa kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazi (ECDC) ma’lumotlariga ko‘ra, qit’ada chivinlar faolligi mavsumi borgan sari davomli va jadal tus olmoqda. Qayd etilishicha, bu harorat ko‘tarilishi, qish faslining iliq kelishi va yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda Yevropa hududida chikungunya virusi yuqishi bilan bog‘liq 27ta holat qayd etilgan — bu qit’a uchun rekord ko‘rsatkich. Bundan tashqari, G‘arbiy Nil virusini yuqtirish bilan bog‘liq 335ta holat aniqlangan.

ECDC yaqin haftalarda virus yuqtirish holatlari yana o‘sishini taxmin qilmoqda.

Chikungunya virusi tashuvchisi bo‘lgan Aedes albopictus chivinlari Yevropaning 16ta mamlakatida aniqlangan.