Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan Şavkat Mirziyoyev ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirişga hissa qöşgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotladi. Özbekistonda xizmat körsatgan artist Oxunjon Madaliyev ham “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Kun.uz muxbiri Oltiariq tumanidagi Yangiarab qişloğida – xonanda yaşagan xonadonda bölib, marhum qöşiqçining yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
“Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram arafasida otamga “Mehnat şuhrati” ordeni berildi. Qarangki, ötganlariga 25 yil bölgan bölsa-da, hali-hanuz otamning qilgan mehnatlari, xizmatlari el-yurtimizning va prezidentimizning eslaridan çiqmagani bizni judayam quvontirdi.
Bu katta e’tirof, katta e’tibor. Bu haqida özimning Instagram sahifamga qöyganimda minglab odamlar xursand bölib, öz fikrlarini yozişdi, yurtboşimizga rahmat aytişdi. Albatta, bu nafaqat bizning oilamiz, balki qişloğimiz, tumanimiz, viloyatimiz va butun Özbekistonimizdagi san’atsevar xalqimizni ham xursand qildi.
Oxunjon Madaliyev onasi bilan
Men ham qöşiq aytişni boşlaganimga 20 yil bölgan bölsa, lekin hali otamning hamma qöşiqlarini aytib ulgurganim yöq. Judayam köp qöşiqlar yaratişgan. Judayam sermazmun, barakali ijod qilişganini endi-endi tuşunib yetyapman-da. Judayam köp qöşiqlari bor. Otamning qöşiqlari söralmagan kunning özi yöq. Deyarli har kuni söraladi. Umuman olganda, özimning qöşiqlarimdan köra baribir köproq qayerga borsam, otamning qöşiqlarini aytaman.
Qiliçbek Madaliyev onasiHabibaxon Madaliyeva bilan
Otam onalarini, ya’ni buvimni judayam yaxşi körganlar. Avval eski hovlimizda birga yaşaganmiz. Keyinçalik yangi hovliga alohida bölib köçib çiqqanimizdan keyin, aynan buvim uçun alohida xonalar solişgan, şaroitlar qilingan. Har kuni otam ertalab töyga ketayotganlarida, albatta, buvimning oldilariga tuşib, birga nonuşta qilib, duolarini olib, keyin töyga ketardilar.
Mavzuga oid
Töydan keç kelsalar ham, onamdan sörarkanlar: “Buvimga obed jönatdingizmi, keçki ovqat jönatdingizmi?” deb. Lekin yerda ham buvim özlari yolğiz bölmaganlar. Amakim oilalari bilan u yoqda qolganlar. Baribir bu yerda qilingan ovqatdan ham, albatta, buvimga yuboriş kerak bölgan-da, şunaqa odat bölgan. Heç şu narsalar esdan çiqmasdi. Judayam yaxşi körganlar. Sababi buvim rahmatli ham özlari köp intervyularda aytgan: “juda qiynalib katta qilganman”, deb. Ular oddiy qişloqning oddiy odamlari bölişgan. U paytda dalalarga çiqib mehnat qilişgan. Qolaversa, otam özi kenja farzand bölganlar-da. Şuning uçun ham buvim ham otamni judayam yaxşi körganlar.
Men öylaymanki, qiyinçilik bilan katta qilganlarini otam yurak-yuraklaridan his qilganliklari uçun hammi. Men eslayman bu narsani aniq. Buvim nima desalar, aytgan narsalari joyida bölardi. Juda köngillariga qattiq qarardilar. Heç qaçon xafa bölmasin, nimadir zaruriyat bölib qolmasin deb, har doim mana şu e’tiborda turardilar. Mana şu uylarimiz qurilişida ham hali ustalar işlayotgan paytdayoq: “buvi, yuring, bir sizga yangi uyimizni körsatib kelay. Falonça özgariş böldi”, deb, ya’ni haligi imorat bitişni boşlaganda nimadirlar közga körinişni boşlaydi-yu baribir. Özlari olib çiqib, aylantirib, körsatardilar, “mana, bu yerda mana bunaqa xona qilaman, mana bu yerda mana bunaqa qilaman, mana bu uy sizga”, deb. Men tuğilgan hovli, u bu taraflar endi öşa paytda daşt deyilgan. Biz eski hovlimizning past tarafida borganmiz.
Öşa pastki hovlimiz deymiz. Eski pastki hovlimizda tuğilganman. Öşa yerda yaşaganmiz. Otamning akalari bor edi, rahmatli böldilar. Amakim bilan öşa biz turgan hovli yonma-yon bölgan. Amakim ham keyin bu yoqqa ötdilar. Buvim öşa hovlida qoldilar. Bu yoqqa kelişni xohlamadilar. Sababi endi haligi buvamiz ham rahmatli bölib ketgan edilar. Öşaning uçun otamga aytarkanlar-da: “yöq, men u yoqqa çiqmayman. Otangning ruhlari mana şu yerga keladi. Mana şu yerning çiroğini yoqib ötiraman, mana şu uyim mening. Şu yerda ötiraman”, deb. Lekin aytyapman-ku, har kuni ertalab otam, albatta, u hovliga tuşardilar. Nonuşta u yoqda bölardi.
Agar vaqtlari bölsa, umuman olganda ovqatlanadigan imkoniyat böladigan bölsa, biz eski hovlimizga tuşardik. Yoki buvim bu yoqqa olib çiqilardi. Imkon topsalar otam buvim bilan birga dasturxon ustida ötirişni ma’qul topardilar. Biz şuni körib örganganmiz. Otamdek inson böliş qiyin. Bağrikenglik, mehridaryolik, har kimda ham bölavermaydi bunaqasi”, deydi Oxunjon Madaliyevning öğli Qiliçbek Madaliyev.
“Prezidentimiz mukofotni berganidan, avvalambor, juda ham xursandmiz. Nafaqat oilamiz, butun Özbekiston Respublikasidagi Oxun akaning muxlislari juda katta xursandçilik bilan qarşi olişdi. Hozirgaça mana, telefon orqali hammalari bizni tabriklaşyapti. Mana şu Oxun akamning qilgan mehnatlarini şunday darajaga kötarib, şunday ordenlarni berganiga Allohga hamdu sanolar bölsin.
Oxunjon Madaliyev Muhriddin Holiqov bilan
Turmuş örtoğim “ona-öğil” ramzi bölgan. Unda yoş edim, bolalarim kiçkina edi. Torlarini kötarib, xizmatga çiqib ketişar edi har kuni, onamning duosini olib, unda onamiz bilan birga yaşardik. Turmuş örtoğim onamni, ya’ni qaynonamni birinçi örinda körgan, nihoyatda hurmatini joyiga qöygan. Gastrolga ketişsa ham, 10 kun, 15 kunga onamdan xabar olib turing, men sizga işonaman deb topşirib ketar edi. Onaning hurmatini joyiga qöyganini endi men boşqa joyda körmaganman-u, lekin oilada şuning guvohi böldim, kördim.
Xizmatga ketadimi, şoşilib turadimi, xalq xizmatda kutib tursa ham, birinçi örinda onamning duosini olib, keyin xizmatga çiqib ketişar edi. Kelganlarida ham onamning oldiga tuşib, uyqusida bölsa ham körib, yuzlarini silab, duolarini olib keyin uyga kirar edi. Nihoyatda onam bebaho ona edi, dilbar ona edi.
Onam 42 yoşida ekanida Oxunjon akam tuğilgan ekan. Komiljon Otaniyozov, Olmaxon Hayitovaning qöşiqlarini eşitganda, şularning xizmatini qilsam deb niyat qilgan ekan. Tuğma iste’dod bor edi-da Oxun akada. Unaqa inson dunyoga 100 yilda bir marta keladi. Insonparvar, köngli oçiq, katta-yu kiçikka bir xil hurmat-izzatda bölib, hammani bir xil körar edi. Mahalladagi katta-kiçiklarga bir xil hurmat-izzatda bölişgan.
Oxun akam, onam borligida uyimiz qandaydir fayzli edi. Uyimizda keçgaça mehmon bölardi. Unda yoş kelin edim, ularga xizmat qilib, ovqatlarini qöyib, baribir öşalarni körib özim quvonib, çarçaganimni ham bilmasdim. Dasturxonimiz doim keçgaça oçiq turar edi. Qöni-qöşnilar çiqmasa çaqirişar edi. Onam juda odamni yaxşi körar edi. Odamlar bilan birga ötirib, maza qilib, xursand bölib, suhbatlaşib ötirişni yaxşi körar edi. Uyda heç kim bölmasa zerikib qolar edi”, deydi Oxunjon Madaliyevning turmuş örtoği Habibaxon Madaliyeva.
Oxunjon Madaliyev Nusratoviç 1963 yil 21 mayda Farğona viloyati Oltiariq tumani Yangiarab qişloğida duradgor Usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan.
1980 yilda örta maktabni tamomlab, 1981 yilda hujjatlarini Farğona davlat pedagogika institutining musiqa fakultetiga topşirgan.
1985 yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yöllanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli örta maktabda musiqa fani öqituvçisi bölib işladi.
Keyinçalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt ötib, Farğona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yuritgan.
1989 yili Toşkent şahrida “Kamolot 89” körik tanlovida ğolib bölib, şu yilning dekabr oyida Xalqlar döstligi saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinçalik xonanda Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qöşiqçilik san’atiga qöşgan munosib hissasi uçun Oxunjon Madaliyev 1997 yil 26 avgustda Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.
1999 yil 25 avgustda “Özbekistonda xizmat körsatgan artist” unvoniga sazovor bölgan.
2025 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Körsatuvning töliq qismini Kun.uz'ning YouTube sahifasida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.