Niderlandiya taşqi işlar vaziri Kaspar Veldkamp Isroilga qarşi qöşimça çoralar haqidagi takliflari koalitsiya hamkorlari tomonidan rad etilgaç, 22 avgust kuni iste’foga çiqdi.
Veldkampning aytişiça, koalitsiyadagi VVD va BBB partiyalari yangi çoralarni qöllaşga qarşi çiqqani bois, öz rejalari amalga oşişiga işonçi qolmagan va iste’fo berişga qaror qilgan.
Politico naşrining yozişiça, Veldkamp juma kuni Ğazodagi gumanitar inqiroz yuzasidan hukumatdagi bir neça soatlik samarasiz bahsdan söng, Isroilga qarşi qat’iyroq sanksiyalar joriy etişga çaqirdi.
«Biz hukumat sifatida allaqaçon ança qadamlar qöydik. Niderlandiya bundan uyalmasligi kerak. Lekin Ğazo şahrida va Ğarbiy Sohilda sodir bölayotgan voqealar yuzasidan qöşimça çoralar körişga kabinetda qarşilik sezdim. Men yaqin haftalar yoki oylar davomida vaziyat özgarişiga işonçim yöq, agar men zarur deb hisoblagan siyosatni yuritişda şunçalik çeklangan bölsam. Uyga borib iste’fo xatini yozaman», deya Veldkampning sözlarini keltirmoqda NL Times.
Bu fikrni Niderlandiya boş vaziri örinbosari Eddi van Xyum ham tasdiqladi: «Isroil hukumati harakatlari xalqaro şartnomalarni buzmoqda. Endi çiziq tortilişi kerak. Hukumatda qolişimiz işonçli bölmay qoldi. Qisqasi, biz çarçadik… Veldkamp Isroil hukumatiga qarşi qöşimça çoralar zarurligini juda keskin his qildi, ammo doimo tösiqlar qöyildi», degan u.

Boş vazir Dik Sxoof parlamentga keçqurun qilgan murojaatida NSCʼning hukumatdan çiqib ketişini «afsus bilan» qabul qilganini aytdi: «Biz bu qarorlarni hurmat qilişimiz kerak, biroq ularni juda afsus bilan qabul qilamiz — ayniqsa vaqtinçalik hukumat zimmasidagi mas’uliyatni hisobga olsak», dedi u.















