Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vens: Rossiya Ukraina masalasida «katta yon bosdi»
AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish uchun «katta yon bosdi». Unga ko‘ra, Moskva «urushdan keyin Ukraina hududiy yaxlitlikka ega bo‘lishini» tan olgan.
Foto: Kayla Bartkowski / Getty Images
Rossiya Donald Trampga Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha o‘z talablari bo‘yicha «katta yon bosdi». Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens 24 avgust, yakshanba kuni Amerikaning NBC telekanalida namoyish etilgan «Kristen Uelker bilan uchrashuv» tok-shousi uchun oldindan yozib olingan intervyusida aytib o‘tdi.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish maqsadida Moskva va Kiyev bilan «juda agressiv, o‘ta kuchli diplomatiya» olib bormoqda, murosali yechim topishga harakat qilmoqda. «O‘ylaymanki, ruslar 3,5 yil davomida bu mojarodan so‘ng birinchi marta prezident Trampga jiddiy yon berdi», — dedi Vens. «Ular haqiqatan ham o‘zlarining ba’zi asosiy talablarida moslashuvchan bo‘lishga tayyor edi».
Xususan, AQSh vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva «urushdan keyin Ukraina hududiy yaxlitlikka ega bo‘lishini» tan olgan. U harbiy harakatlar tugaganidan keyin Rossiya qaysi hududlarni Kiyev nazorati ostida qoldirishga tayyorligini aniqlashtirmadi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Kiyevda qo‘g‘irchoq rejim o‘rnata olmasligini tan olgan». «Yana, ular jiddiy yon bosdimi? Albatta, yo‘q. Lekin biz o‘zgarishga erishmoqdamiz», — deydi Vens.
Mavzuga oid
09:26 / 27.12.2025
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
09:02 / 27.12.2025
Zelenskiy: 20 banddan iborat kelishuv 90 foizga tayyor
08:40 / 27.12.2025
Putin Ukraina bilan qisman “hudud almashinuvi”ga tayyor
08:25 / 27.12.2025