Pul evaziga Koreyaga işga yuboriş bilan şuğullangan Migratsiya agentligi xodimlariga jinoyat işi qözğatildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Ma’lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali boş mutaxassisi xizmat mavqeyidan foydalangan holda, aldov yöli bilan bir guruh fuqarolarning işonçiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga işga yuboriş evaziga 41 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, u mazkur noqonuniy faoliyatni Migratsiya agentligi markaziy apparatining boş mutaxassisi bilan birgalikda amalga oşirişi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan va agentlikning uşbu mas’ul xodimi ham yuqoridagi pul mablağidan 15 ming dollarini olgan vaqtida, jinoyat ustida qölga olingan.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

“Migratsiya agentligining mazkur xodimlari 2024 yilda 80 nafardan ortiq fuqarolarni Koreya davlatiga yuboriş uçun 700 ming AQŞ dollaridan ortiq pul mablağlarini olib, hozirga qadar ularni sarson qilib yurganliklari ma’lum böldi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoiy guruhning qolgan a’zolarini aniqlaş çoralari körilmoqda.

  • Fuqarolar xorijga işga yuboriş bilan boğliq şubhali takliflar yuzasidan DXXning koll-markaziga 1520 qisqa telefon raqami orqali murojaat qilişi mumkin.